Rustam Ashurov qamoqxonada vafot etdi
Kishinyov aeroportida ikki nafar ofitserni otib o‘ldirgan Tojikiston fuqarosi Rustam Ashurov qo‘lga olish paytida olgan jarohatlari oqibatida qamoqxonada vafot etdi. Bu haqda Moldova ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Rustam Ashurov 30 iyun kuni Kishinyov aeroportida Moldova hududiga kirishiga ruxsat etilmagani uchun chegara politsiyachisi Sergey Muntyanu va aeroport xavfsizlik xizmati inspektori Igor Chofuni otib o‘ldirgandi.
Tojikiston Bosh prokuraturasi Ashurov uyushgan jinoiy guruh a’zosi bo‘lganini ma’lum qilgan. U Dushanbeda bank direktori o‘rinbosarining o‘g‘irlanishiga aloqador bo‘lgan. Ashurov qo‘lga olinishidan qo‘rqib, Moldovaga qochgan.
Avvalroq Rustam Ashurovni og‘ir jazo kutayotgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter