Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Russkiy mir» g‘oyasi asoschisi Aleksandr Duginning qizi avtomobilida portlab ketdi

«Russkiy mir» g‘oyasi asoschisi Aleksandr Duginning qizi avtomobilida portlab ketdi

Joriy yilning 20 avgust kuni kechqurun Rossiyaning «Russkiy mir» g‘oyasi asoschisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Moskva tumanida portlab ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

20 avgust kuni Daria va uning otasi Zaxarova bog‘ida ketma-ket yettinchi bor o‘tkazilayotgan «An’analar» adabiy-musiqa festivaliga kelgan. Festival kechki soat to‘qqizda yakunlangan. Shundan so‘ng, Dugin va uning qizi alohida-alohida avtomobilga o‘tirib ketishgan. Daria Dugina boshqarib ketayotgan avtomobil Mojayskoye shossesiga burilgach portlab ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Daria Dugina avtomobiliga qo‘lbola bomba o‘rnatilgani aniqlangan. Avtomobil Duginning o‘ziga tegishli bo‘lgan va rejaga ko‘ra o‘sha kecha uning o‘zi rulga o‘tirishi kutilgan, ammo oxirgi soniyalarda u boshqa mashinada borishga qaror qilgan. Duginning o‘zi bo‘lib o‘tgan hodisadan keyin insult bilan kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Ayni damda Rossiya tergov qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Dugin taniqli rus siyosatshunosi. U «Russkiy mir» ideologiyasi muallifi hisoblanadi. Uning targ‘ibot nazariyasiga ko‘ra, Yevroosiyo Ittifoqi integratsiyalashuvi orqali, Rossiya sobiq ittifoq respublikalari bilan birgalikda yangi — Yevroosiyo super davlatini yaratishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring