Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning eng katta dushmani bo‘lgan davlat nomi aytildi

Rossiyaning eng katta dushmani bo‘lgan davlat nomi aytildi

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining atrof-muhit, ekologiya va transport masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi Sergey Ivanov Buyuk Britaniya Rossiyaga eng dushmanona kayfiyatda bo‘lgan davlat ekanligini aytdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Xavfsizlik Kengashi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Britaniya 300-400 yil davomida Rossiyani cheklashga, uning ta’siri va iqtisodiy qudratini cheklashga harakat qilmoqda - guyoki uning maqsadi «Rossiya Yevropada eng orqada bo‘lishini ta’minlash uchun hamma narsani qilish».

«Bu siyosat Rossiya imperiyasiga, Sovet Ittifoqiga, Rossiya Federatsiyasiga tegishlimi, muhim emas - hammasi bir xil», deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Rossiya bosqini boshlangandan buyon Ukrainaga faol yordam berayotgan donor davlatlardan biri sanaladi. Muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga ham rasmiy London keskin reaksiya bildirdi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning do‘stlari va dushmanlari haqida gapirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring