Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik taniqli aktyor vafot etdi

Rossiyalik taniqli aktyor vafot etdi

Rossiya xalq artisti Igor Yasulovich 82 yoshida Moskvada vafot etdi.

Yasulovich kino muxlislariga Leonid Gaydayning «O‘n ikki stul» (1971) filmidagi muhandis Shchukin roli bilan tanilgan. Shuningdek, «Brilliant qo‘l» (1968), «Kelajakdan kelgan mehmonlar» (1984) filmlarida suratga tushgan.

Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya OAVlari Igor Yasulovich Moskva klinikalaridan biriga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Yasulovich faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etib kelgan. 2014 yilda u boshqa madaniyat arboblari bilan birga Qrimning anneksiya qilinishiga qarshi maktubni imzolagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring