Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik shaxs masjidda Qur’on nusxalarini yoqib yubordi

Rossiyalik shaxs masjidda Qur’on nusxalarini yoqib yubordi

Kabardin-Balqor fuqarosi masjidda Qur’onning bir necha nusxasini yoqib yubordi.

Baza telegram kanali xabariga ko‘ra, 2 iyulga o‘tar kechasi «Chegem ikkinchi» qishlog‘idagi masjidga bir kishi kirgan. U Qur’onning bir nechta nusxasini yig‘ib, ularga benzin sepib, yoqib yuborgan.

Masjidda hali odamlar bor edi va ular yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Erkak hibsga olingan. U politsiyaga o‘zining harakatlarida diniy ma’no yo‘qligini, uning «boshida yangiragan ovozlar» unga shunday qilishni uqtirganini aytgan.

Taxminlarga ko‘ra, erkak ruhiy jihatdan beqaror va mast holatda bo‘lgan, deb yozadi «TASS».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring