Rossiyalik shaxs masjidda Qur’on nusxalarini yoqib yubordi
Kabardin-Balqor fuqarosi masjidda Qur’onning bir necha nusxasini yoqib yubordi.
Baza telegram kanali xabariga ko‘ra, 2 iyulga o‘tar kechasi «Chegem ikkinchi» qishlog‘idagi masjidga bir kishi kirgan. U Qur’onning bir nechta nusxasini yig‘ib, ularga benzin sepib, yoqib yuborgan.
Masjidda hali odamlar bor edi va ular yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Erkak hibsga olingan. U politsiyaga o‘zining harakatlarida diniy ma’no yo‘qligini, uning «boshida yangiragan ovozlar» unga shunday qilishni uqtirganini aytgan.
Taxminlarga ko‘ra, erkak ruhiy jihatdan beqaror va mast holatda bo‘lgan, deb yozadi «TASS».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter