Rossiyalik jurnalist va uning hamrohi Toshkentdagi mehmonxonada sirli tarzda vafot etdi
O‘zbekistonga ta’tilni o‘tkazish uchun kelgan jurnalist Inessa Papernaya va uning hamrohi mehmonxonadan jonsiz holda topilgan.
Fojia 20 oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mehmonxonaga Inessa nomiga jo‘natma keladi. Xodimlar Papernaya va uning hamrohi bilan bog‘lana olishmaydi. Xona eshigi buzib kirilganda, ularni jonsiz holda topishadi.
Tergov holatni o‘rganmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, ulra mehmonxona hovuzini tozalashdan keyin yuzaga kelgan botqoq gazidan bo‘g‘ilib qolishgan. Gaz ventilyasiya tizimi orqali xonaga ko‘tarilgan. Boshqa mehmonlarning ahvoli hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter