Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik amaldor: «Tojikistonda YeOIIga qo‘shilish istagi yo‘q»

Rossiyalik amaldor: «Tojikistonda YeOIIga qo‘shilish istagi yo‘q»

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Tojikiston hozircha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish istagini ko‘rsatmaganini aytdi.

Overchuk bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida aytib o‘tgan.

Rasmiyning qayd etishicha, Rossiya tomoni hali bu borada rasmiy Dushanbedan hech qanday signal olmagan.

«Bu ularning qarori bo‘lishi kerak. Ular buni qanday qabul qilishlari butunlay ularning masalasidir», deydi Overchuk.

Overchukning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya Tojikistonga ittifoqning iqtisodiy makoniga integratsiyalashuv qanday foyda keltirishini tushuntirishga harakat qilmoqda».

«Bu to‘siqsiz savdo, yagona bojxona maydoni va yagona mehnat bozori masalalariga taalluqlidir», — deydi Bosh vazir o‘rinbosari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring