Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketi joriy qilinmoqda

Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketi joriy qilinmoqda

Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib oldilar, deb xabar beradi Belgiyaning Yevropa Ittifoqi Kengashidagi vakolatxonasi X. sahifasida.

«Ushbu paket Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan eng keng qamrovli paketlardan biridir. U yozma tartibdan o‘tadi va 24 fevralda rasman tasdiqlanadi», — deya aniqlik kiritdi vakolatxona.

Bloomberg  Rossiyaning mudofaa sanoati korxonalariga qurol ishlab chiqarish yoki asosiy texnologiyalar va elektron komponentlarni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan 55 kompaniya va 60 kishi yangi cheklovlar kiritilayotganini yozdi. Shuningdek, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga bir qator amaldorlar qo‘shilishi mumkin.

YeI 2022 yildan beri Rossiyaga qarshi 12 ta sanksiya paketini joriy etgan, oxirgisi dekabr oyida qabul qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring