Rossiyada vertolyot halokatga uchradi
Kaluga viloyatining Bryansk bilan chegaradosh hududida rejalashtirilgan parvoz vaqtida Mi-28 hujum vertolyoti halokatga uchradi. Ekipaj halok bo‘ldi, deya xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi.
Viloyat gubernatori Vladislav Shapshaning ma’lum qilishicha, halokat sodir bo‘lgan joyda tezkor guruh va qutqaruvchilar ishlamoqda.
Vertolyot Klenki qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududiga qulagan.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, halokatga uchragan vertolyot rejali parvozni amalga oshirgan. Hodisaning dastlabki sababi sifatida texnik nosozlik ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter