Rossiyada15 kishi vayronalar ostida qolib ketdi. Ular bilan uch kundan beri aloqa yo‘q
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Amur viloyatidagi konda qamalda qolgan 15 nafar konchini qutqarish uchun quduq qazdi.
Qutqaruvchilar «Pioner» konida vayronalar ostida qolib ketgan konchilarga yetib borish uchun quduq burg‘ulashdi. Quduqning chuqurligi 53 metrni tashkil qilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita qidiruv qudug‘i qazish ishlari davom etmoqda. Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlovning ma’lum qilishicha, ikkinchi quduq qutqaruvchilarni shaxta gorizonti bilan bog‘laydi va ichkaridagi vaziyatni aniqroq baholashga yordam beradi. Konchilar bilan aloqa o‘rnatish uchun quduqlarga Novokuznetskdan keltirilgan maxsus kameralar tushiriladi.
Qutqaruvchilar uch kundan beri konchilar bilan aloqa o‘rnata olmayapti.
Amur viloyatining Zeya tumanidagi «Pioner» konida 18 mart kuni kechqurun o‘pirilish sodir bo‘ldi. Tosh qulashi oqibatida 13 kishi vayronalar ostida qolib ketgan, tezkor xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, ular 120 metr chuqurlikda. Keyinroq viloyat prokuraturasi kon vayronalari ostida 15 kishi qolgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Viloyat gubernatori kondagi vaziyatni og‘ir deb atadi. Uning aniqlik kiritishicha, qutqaruv ishlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan tashqari Neryungri, Primorskiy va Xabarovsk o‘lkasi hamda Kemerovo viloyatidan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Vaziyat suv oqimi bilan murakkablashadi. 19 mart kuni kondagi suv 15 metrga ko‘tarildi. Ertasi kuni mutaxassislar yer osti suvlarini kondan chiqarish uchun vayronalarni tozalash ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter