Rossiyada ulkan o‘rmonlar yonmoqda, 21 kishi halok bo‘lgan
Rossiyaning Kurgan viloyatidagi yong‘in qurbonlari soni 21 kishiga yetdi. Bu haqda shifokorlar ma’lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
Avvalroq 19 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan.
Shifokorlarning aytishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan haftada Ural hududida o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat keskinlashdi. 8-may kuni Sverdlovsk viloyatida 65 ta, Kurgan viloyatida 13 ta yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda aholi punktlarida yuzlab binolar yonib ketdi, odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov o‘t o‘chiruvchilar Uraldagi tabiiy yong‘inlarni 9 may sanasi oxirigacha bartaraf etishga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter