Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada prezidentlik sayloviga start berildi

Rossiyada prezidentlik sayloviga start berildi

Rossiyada prezidentlik saylovi boshlandi. Saylov uch kun – 15,16 va 17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu saylovda 4 nafar nomzod kurash olib bormoqda.

Ushbu jarayon uchun jami 94 mingta saylov uchastkalari faoliyat olib boradi va ularda Rossiyadan 112,3 mln kishi ishtirok etadi. 144 ta chet mamlakatlardagi 300 taga yaqin saylov uchastkalarida esa 1,9 mln saylovchi ovoz beradi.

Muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari joriy yilning 25-fevralidan 14-martiga qadar o‘tkazilgan va unda jami 2,3 mln rossiyalik ovoz bergan.

Qayd etilishicha, mamlakat tarixida ilk marta mana shunday ko‘p kunlik ovoz berish formati qo‘llanmoqda.

Markaziy saylov komissiyasiga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun 33,2 mlrd rubl ajratilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti 6 yilga saylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring