Rossiyada minaga uchragan avtomobil to‘rt odami bilan portlab ketdi
Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatida avtomobil minaga uchrab portlab ketdi. Undagi to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, hodisa Juravlevka qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Haydovchi yo‘lni qisqartirish uchun dalalar bo‘ylab mashinani haydashga qaror qilgan, lekin ular minalangan maydonga kirib ketishgan.
Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter