Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada jiddiy muammo bosh ko‘tarmoqda

Rossiyada jiddiy muammo bosh ko‘tarmoqda

Rossiyada so‘nggi to‘rt hafta ichida (20-noyabrdan 17-dekabrgacha) deyarli 280 ming yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi, deya xabar beradi JSST. Shunday qilib, holatlar soni avvalgiga nisbatan 130 foizga oshdi.

Kovidning yangi holatlari soni va kasallikning tarqalish tezligi bo‘yicha Rossiya boshqa barcha mamlakatlarni ortda qoldirdi.

Ushbu davrda koviddan o‘limning eng yuqori darajasi Italiyada kuzatildi, u yerda 510 o‘lim qayd etilgan. Italiyadan keyin Shvetsiya (396 kishi) va Rossiya (376 kishi vafot etgan).

Rossiyaning kovidga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi avvalroq ma’lum qilishicha, o‘tgan haftada deyarli 97 ming kasallik aniqlangan, 8,7 ming bemor kasalxonaga yotqizilgan va 161 kishi ushbu infeksiyadan vafot etgan.

Dunyo miqyosida COVID-19 bilan kasallanish oldingi 28 kunlik davrga nisbatan 52 foizga oshdi. 20-noyabrdan 17-dekabrgacha 3 000 dan ortiq o‘limlar qayd etilgan, bu avvalgi to‘rt haftaga nisbatan 8 foizga kam.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring