Rossiyada fuqarolar bepul vaksinatsiya qilinadi — SSV

Mixail Murashko.
Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya bepul amalga oshiriladi. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, bu haqda RF sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qilgan.
«Koronavirusga qarshi vaksinatsiya xarajatlari to‘liq budjetdan qoplanishi rejalashtirilgan. Vaksinatsiyalash tartibi esa barchaga ma’lum — rejali bo‘ladi», — dedi Murashko jurnalistlarga.
Oldingi xabarlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyalash oktyabr oyida boshlanishi kutilyapti, Gamaleya markazi tayyorlagan vaksinaning klinik sinovlari nihoyasiga yetgan, hozirda uni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari ketmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter