Rossiyada cho‘chqa grippi keng tarqalmoqda
Rossiyada cho‘chqa grippi deb ataladigan A(H1N1)-2009 shtammi ustunlik qilmoqda. U allaqachon 55 ta hududda aniqlangan.
«Gripp viruslari va O‘RVI faolligining kuchayishi sharoitida emlash kampaniyasi davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 66,5 milliondan ortiq odam emlandi, bu mamlakat aholisining 45,5 foizini tashkil etadi», — deyiladi Rospotrebnadzor bayonotida.
Qayd etilishicha, O‘RVI va gripp bilan kasallanish darajasi o‘tgan haftaga nisbatan 18,5 foizga oshgan. Cho‘chqa grippi aniqlangan viruslar orasida ustunlik qilmoqda.
Shuningdek, o‘tgan haftada koronavirus bilan kasallanish ham 7 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter