Rossiyada aholining qashshoqlik darajasi o‘sib bormoqda — sotsiologlar
Levada markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Rossiyada bir oy ichida shaxsning minimal mavjudligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdor 24,6 ming rublni tashkil etadi.
Sub’yektiv yashash minimumi rasmiy raqamlardan ikki baravar ko‘p, bu Mehnat vazirligi tomonidan 11653 rubl miqdorida belgilanadi. 2019 yildan buyon bu miqdor 3,6 ming rublga yoki 17 foizga o‘sgan, rasmiy minimum esa atigi 500 rublga yoki 4,4 foizga ko‘tarilgan xolos.
Hatto qishloqlarda ham davlat tomonidan belgilangan miqdordagi pul bilan yashash mumkin emas. Bu xulosaga so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra kelingan. So‘rovnoma o‘tkazilgan yerdagi odamlar haqiqiy ish haqini 21,8 ming rublga baholashgan.
Agar biz ruslar tomonidan ko‘rsatilgan miqdorga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda aholining deyarli yarmi haqiqiy qashshoqlik chegarasidan pastroq. Naqd daromadlarni taqsimlash to‘g‘risidagi Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining 53 foizi oyiga 27000 rubldan kam daromad bilan yashashadi. 34,5 foizi 19 ming rublgacha, ya’ni 633 dollar yoki kuniga 8,3 dollar miqdorida daromad topadi. Har beshinchi kishi (20,6 foiz) oyiga 14 ming rublgacha yoki kuniga 6,1 dollarga ishlaydi.
Yil davomida tilanchilar armiyasi 1,2 million kishiga ortgan. Odamlar o‘zlarining moliyaviy ahvollarini yanada pessimistik deb baholaydilar, bu Levada so‘rovidan kelib chiqadi.
O‘rtacha oilalar bir kishiga 18,6 ming rubl daromad bilan yashashadi va faqat 25 foiz aholi buni yetarli deb hisoblashgan. Haqiqiy daromad va talab qilinadigan daromad o‘rtasidagi farq faqat o‘sib bormoqda: 2018 yilda talab qilinadigan minimal daromad 22 foizga, 2019 yilda 25 foizga, 2021 yilgi so‘rovda 32 foizga oshgan. Bu 2008-yildagi inqirozdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
«Olingan ma’lumotlar ruslarning mavjud qobiliyatlari va hayotning maqbul sifatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasidagi masofa o‘sib borayotganligini ko‘rsatadi», – deydi Levada sotsiologlari.
2018 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qashshoqlikni 6 yil ichida ikki baravarga kamaytirishni va’da qilgan edi. 9 millionga yaqin odam iqtisodiy o‘sishni 3 foizgacha va undan yuqori darajaga ko‘tarish, resurslardan tashqari eksportni 80 foizga va innovatsion kompaniyalar ulushini 16 foizdan 50 foizgacha oshirish orqali qashshoqlikdan xalos bo‘lishi kerak edi. Birinchi yilda reja muvaffaqiyatsiz tugadi: 2019 yilda haqiqiy qashshoqlik 12,3 foizni tashkil etgan va 2020 yilda vaziyat keskin yomonlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter