Rossiyada 15 milliondan ziyod o‘ta qashshoq odam borligi ma’lum qilindi
2022-yilda 15,3 million rossiyalik yoki aholining 10,5 foizi qashshoqlik chegarasidan ham past daromadga ega bo‘ldi deya xabar beradi Rosstat. Bu Rossiya Federatsiyasining butun yaqin tarixidagi kambag‘al fuqarolarning minimal sonidir.
Qashshoqlik darajasining shunga yaqin ko‘rsatkichlari oxirgi marta 2012-yilda qayd etilgan: o‘shanda 15,4 million fuqaro yoki aholining 10,7 foizi kambag‘al deb tasniflangan.
O‘tgan yili o‘rtacha qashshoqlik chegarasi oyiga 13 545 rublni tashkil etdi. Oylik daromadi ushbu darajadan past bo‘lgan odamlar statistik ma’lumotlarda o‘ta kambag‘al deb tan olinadi.
Rossiyaning milliy rivojlanish maqsadlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib, mamlakatda qashshoqlik darajasi aholining 6,5 foizigacha kamayishi kerak (2017-yilga nisbatan ikki baravar pasayish).
Rosstat qashshoqlik darajasining pasayishi ijtimoiy to‘lovlar hajmining oshishi va aholining o‘rtacha jon boshiga nominal daromadlarining oshishi bilan bog‘lagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter