Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya «Tolibon»ni tan olish shartini aytdi

Rossiya «Tolibon»ni tan olish shartini aytdi

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning aytishicha, Moskva endi «Tolibon»ni «mohiyatan terrorchi» deb hisoblamaydi. Bu haqda u RTVI telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Tolibon» rivojlanib, o‘zini milliy harakat deb e’lon qildi. U global jihodga kirishmaslik yoki o‘z mafkura va tafakkur tarzini qo‘shni davlatlarga o‘tkazmasligini bildirdi», — deya tushuntirdi Kabulov.

Shu bilan birga, diplomat Ichkeriya hukumatini tan olingani va terrorchilar uchun o‘quv lagerlari yaratilgani sababli Rossiyaning «Tolibon»ga qarshi da’volari borligini ta’kidladi.

Kabulovning aytishicha, Rossiya «Tolibon»ni tan olishi mumkin, ammo buning uchun ular bir qancha muhim ishlarni amalga oshirishi kerak. 

«Ular etnosiyosiy inklyuziv hukumat yaratish chaqirig‘iga javob berishga tayyor ekanliklarini amalda isbotlashi lozim. Agar ular bu qadamni tashlasa, bu Rossiya tomonidan Tolibon rejimini ehtimoliy tan olinishiga yo‘l ochadi», — deb tushuntirdi diplomat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring