Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya TIV yadroviy urush bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya TIV yadroviy urush bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi «Yadroviy urushning oldini olish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi bayonoti»ni e’lon qildi.

Bayonotda yadroviy urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, bu urushda g‘oliblar ham, mag‘lublar ham bo‘lmasligi ta’kidlanadi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning yadroviy qurolni qo‘llash bo‘yicha doktrinasi «faqat mudofaa yo‘nalishidadir» va «yadroviy qurol mutlaq Rossiyaga nisbatan ommaviy qirg‘in quroli vositasida amalga oshirilgan va davlatchilikning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘luvchi agressiyaga javoban qo‘llaniladi».

Bayonotda hozirgi «qiyin va notinch vaziyatda» yadroviy davlatlarning harbiy to‘qnashuvining oldini olish asosiy vazifa ekani aytiladi.

Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya yadro qurolidan foydalanish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring