Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya safarbarlikdan qochganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilamoqchi

Rossiya safarbarlikdan qochganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilamoqchi

Rossiya davlat Dumasi deputatlari quyi palataga safarbarlik uchun harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy jazoni nazarda tutuvchi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

Bu haqda seshanba kuni hujjat bilan tanishgan «Izvestiya» gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, mazkur mazmundagi hujjat loyihasi «Yedinnaya Rossiya» deputatlari va senatorlaridir.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, sarbarlikdan bo‘yin tovlaganlar 200 dan 500 ming rublgacha jarimaga tortilishi, majburiy mehnatga jalb qilinishi yoki besh yilgacha qamoqqa «ravona» bo‘lishi mumkin.

«Izvestiya»ga manbalaridan birining ma’lum qilishicha, gap aynan qisman safarbarlik haqida ketmayapti. Ta’kidlanishicha, 1941-yildan buyon mamlakatda safarbarlik bo‘lmagan, shuning uchun ko‘plab qonunlar ishlamagan. Bo‘yin tovlash uchun mavjud bo‘lgan modda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 328-moddasi) faqat birinchi marta shoshilinch harbiy xizmatga chaqirish yoki muqobil xizmat uchun amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 28-oktyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mamlakatda 21-sentyabr kuni e’lon qilingan qisman safarbarlik yakunlangani haqida hisobot bergan edi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilgan, qisman safarbarlik doirasida qo‘shimcha vazifalar belgilanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring