«Rossiya qo‘shini Afg‘onistonga qaytadi» — Tramp
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp bugun, 22-avgust kuni Alabamadagi o‘zining tarafdorlari oldidagi chiqishi paytida Rossiya armiyasi Afg‘onistonga qaytishi haqida gapirdi.
Oq uyning sobiq rahbariga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida Rossiya afg‘on urushida ko‘p pul, zaxira va vaqtni yo‘qotgan, ammo g‘alaba qozonmagan. Endi esa Rossiya qaytadi, demoqda Tramp.
«Amerika armiyasi imkoniyat tug‘ilishi bilan Afg‘onistonga qaytishi kerak. Hozirgi vaziyat uchun esa Jo Bayden afg‘on xalqidan kechirim so‘rab chiqishi lozim», degan Tramp.
Shuningdek, Tramp iste’foga chiqib, qochib ketgan afg‘on prezidenti Ashraf G‘anini firibgarlikda ayblagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter