Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya iqtisodiyoti to‘xtamaydi, sekin izdan chiqib boradi — Bloomberg

Rossiya iqtisodiyoti to‘xtamaydi, sekin izdan chiqib boradi — Bloomberg

Foto: Gazeta.ru

Bloomberg yozishicha, Rossiya iqtisodiyoti (yalpi ichki mahsuloti, YIM) o‘sishi 3,5 foizni tashkil etmoqda. Iqtisodchilar 3,7 foizli o‘sishni chamalashgandi.

Birinchi chorakning faqat bir oyiga dastlabki sanksiyalar ta’sir ko‘rsatdi, demak, keyingi choraklarda sanksiyalarning ta’siri kuchayib boradi, deyiladi xabarda.

Rossiya federal statistika xizmati RF YIM 2022-yil birinchi choragida yillik kesimda 3,5 foizga o‘sganini qayd etgan, solishtirish uchun: 2021-yilning so‘nggi choragida o‘sish 4 foiz edi.

Bloomberg so‘rov o‘tkazgan iqtisodchilarning taxminicha, 1-chorakdagi o‘sish 2-chorakda chuqur qulashga almashinadi, sanksiyalar oqibatida Rossiya iqtisodiyoti qo‘qqisdan to‘xtamaydi, balki sekin-asta izdan chiqib boradi.

G‘arb mamlakatlari qo‘llayotgan sanksiyalar Rossiyada chuqur retsessiya (iqtisodiyot o‘sishining sekinlashishi)ga sababchi bo‘ladi. Rossiya YIM 8–12 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring