Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 3 oyda 4,5 mingdan oshgan
2023-yil 1-choragida 106 mingdan ko‘proq xorijlik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 ming kishiga kam.
Joriy davrda Rossiya fuqaroligi uchun ariza berganlar orasida esa Tojikiston fuqarolari birinchi o‘rinda. O‘zbekiston esa dastlabki o‘ntalikka kirgan.
«2023-yilning yanvar-mart oylarida Rossiya fuqaroligini olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan shaxslar soni 106 320 nafarni tashkil etadi. Hisobot davrida Tojikiston fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha 44,9 mingta qaror qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich belgilangan davr uchun eng yuqori ko‘rsatkich», – deyiladi Rossiya IIVning migratsiya holati bo‘yicha bergan statistik ma’lumotida.
Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Ukraina (22 ming) va Armaniston (8,9 ming) fuqarolari band etgan bo‘lsa, birinchi o‘ntalikka, jumladan, Qozog‘iston (6,9 ming), Qirg‘iziston (5,4 ming), O‘zbekiston (4,7 ming), Ozarbayjon (3,7 ming), Moldova (3,1 ming), Belarus (2,4 ming) va Turkmaniston (912 kishi) fuqarolari kirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter