Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Eronga naqd 140 million yevro va g‘arb qurollaridan namunalar bergan — OAV

Rossiya Eronga naqd 140 million yevro va g‘arb qurollaridan namunalar bergan — OAV

Rossiya kamikadze dronlar uchun Eronga 140 million yevro naqd pul to‘lagan, shuningdek  urush vaqtida qo‘lga kiritilgan g‘arb qurollarining bir nechta namunalarini ham bergan. Bu haqda Britaniyaning Sky News telekanalida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, Rossiya Eronga Britaniyaning NLAW tankka qarshi raketasini, Amerikaning tankka qarshi Javelin raketasini va Stinger zenit raketasini topshirgan.

2022 yil 20 avgust kuni Tehronda Rossiyaning ikkita Il-76 samolyoti tasvirga tushgan. Aynan ular dronlar uchun pul va g‘arb qurollari namunalarini yetkazib bergan. 

Eron esa buning evaziga 160 ta kamikadze dronlarini sotdi. Shuningdek, Eron va Rossiya kelgusida 200 million yevrolik dronlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishgan.

Eslatib o‘tumiz, avvalroq Eron Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berilganini tan olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring