Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi
Rossiya tomoni ilk bor AQSh saylovlari natijalariga izoh berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh saylovlarining dastlabki natijalari bu davlatning ichki ishi bo‘lib qolayotganini aytdi va ba’zi rossiyalik siyosatchilarning Donald Trampning ehtimoliy g‘alabasiga optimistik munosabatini uning «xalqaro maydondagi tinchlikka intilishlari» bilan izohladi.
Peskov, shuningdek, Vladimir Putin Trampni g‘alabasi bilan tabriklamoqchi yoki yo‘qligini bilmasligini aytdi.
«Unutmaylikki, gap davlatimizga qarshi urushda bevosita va bilvosita ishtirok etayotgan nodo‘stona davlat haqida ketmoqda», dedi u ertalabki brifingda.
«Yanvarda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Biz asosan kun tartibimizdagi mavzular bo‘yicha bayonotlar, ular kelganda va birinchi aniq qadamlar bo‘yicha xulosa chiqaramiz», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter