Rossiya Armanistondagi elchisini chaqirib oldi: sabab noma’lum
Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirib olindi, deya bayonot berdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova. U boshqa hech qanday batafsil ma’lumot bermagan.
Moskva va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda, jumladan, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkiloti orqali ham yomonlashgan. 8 may kuni Armaniston bu yil KXShT faoliyatini moliyalashtirishdan «tiyilishi»ni ma’lum qilgandi.
9 may kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan MDH davlatlarining boshqa rahbarlaridan farqli ravishda Qizil maydondagi G‘alaba paradiga bormadi.
2024 yil fevralida Pashinyan mamlakat «de-fakto» KXShTga a’zolikni allaqachon to‘xtatib qo‘yganini aytdi. 2023 yilda Armaniston qo‘shma mashg‘ulotlar va tashkilot sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi va tashkilotga o‘z vakilini yubormadi.
Pashinyan Ozarbayjon bilan keskinlik yuz berganda KXShT uning mamlakatiga yordam bermaganidan shikoyat qilgan. Keyinchalik AQSh va Yevropa Ittifoqi Armanistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi va KXShT faqat har ikki tomonni xotirjam bo‘lishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter