Rossiya aholisi 10 yilda birinchi bor keskin qisqardi

Rossiyada aholi soni 10 yilda birinchi bor kamaydi (1-noyabr holatiga aholi soni 146,8 mln). 2018-yilning yanvar-oktyabr oyilarida 78,7 mingga kamaygan. 10 oy ichida aholining tabiiy kamayishi 180,5 mingni, migratsion o‘sish esa 101,8 mingni tashkil etgan.
Bu Rossiya aholisi kamayishini mamlakatga kirib kelayotgan migrantlar soni hisobiga to‘ldirib bo‘lmasligini bildiradi, deb yozadi «RBK».
Rosstatning dokladiga ko‘ra, migratsion o‘sish aholining tabiiy kamayishini 56,4 foizga qoplay olgan.
Aholishunos mutaxassisning tahmin qilishicha, yil oxirigacha migratsion o‘sish 120-130 mingni tashkil qilishi mumkin, ammo tabiiy kamayishning to‘xtash ehtimoli mavjud emas.
Ma’lum qilinishicha, 2018-yilgi migratsion o‘sish 2017-yilga qaraganda 43 foizga (yoki 76,6 mingga) kamaygan. Migrantlarning kamayishi eng ko‘p Ukraina (74 foiz), O‘zbekiston (70 foiz) va Qirg‘izistonga (40 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Tabiiy kamayishning asosiy sababi tug‘ilishning kamligi bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter