Rossiya 24 nafar italiyalik diplomatni chiqarib yuboradi
Rossiya Italiyaga javob chora sifatida 24 nafar italiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi, dedi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo aprel oyi boshlarida 30 nafar rossiyalik diplomat mamlakatdan chiqarilib yuborilishini e’lon qilgan va «milliy xavfsizlik» nuqtai nazaridan ushbu qarorga kelinganini izohlagandi.
Javob chorasi qo‘llanilishi bugun, 18-may kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Italiyaning Moskvadagi elchisi Jovanni Starachega rasman bildirilgan.
Avvalroq Rossiya 34 nafar fransuz diplomatini chiqarib yuborishini e’lon qilgandi. Ular ikki hafta muddatda RF hududini tark etishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter