Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya 2022-yilda neft va gaz sotishdan $321 mlrd daromad oladi — «Bloomberg»

Rossiya 2022-yilda neft va gaz sotishdan $321 mlrd daromad oladi — «Bloomberg»

Ukraina atrofidagi vaziyat va g‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya 2022-yilda neft va gaz eksportidan $320 milliarddan ziyod daromad qilishi mumkin. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Agentlik hisoblashicha, bu bir yil avvalgidan uchdan bir hissaga ko‘proq. Faqat yirik importchilar tomonidan energetik embargo qo‘llanilishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

«Bloomberg» Vashington xalqaro moliya instituti (IIF) hisobotidan iqtibos keltirdi: «Rossiya joriy hisob operatsiyalari profitsitining yirik drayveri mustahkamligicha qolmoqda. Hozirgi sanksiyalar saqlanib turishi holatida Rossiyaga qattiq valyuta oqimi davom etyapti». IIF hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning joriy hisob profitsiti 2022-yilda rekord $240 milliardni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring