Roman Abramovich zaharlangani aytilmoqda, u hatto ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, 2022-yil, mart oyi boshida rossiyalik milliarder Roman Abramovich to‘satdan o‘zini yomon his qilgan va hatto bir muddat ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan.
Jurnalistlarning fikricha, bu zaharlanish bo‘lishi mumkin.
Mazkur holat 55 yoshli biznesmenning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum, faqat bitta narsa aniq - endi uning hayotiga jiddiy xavf yo‘q. Bu haqda jurnalistlarga ishbilarmonning vakili aytib, eng yomon holat ortda olganini ta’kidlagan.
Zaharlanish hodisasi bir necha hafta oldin, Ukraina va Rossiya tomonlari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida sodir bo‘lgan. Milliarder o‘zini yomon his qilganva uning tanasida, terisida o‘zgarishlar kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Roman Abramovich Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda yetakchi shaxslardan biri bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter