Abramovich Britaniya hukumatining sanksiyalariga duchor bo‘lishi mumkin
Londonning «Chelsi» klubi xo‘jayini Roman Abramovich Buyuk Britaniya hukumati tuzadigan sanksiyalar ro‘yxatidan joy olishi mumkin. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar qilmoqda.
«The Times» nashri ma’lumotlariga ko‘ra bosh vazir Tereza Mey Abramovich va boshqa rus biznesmenlariga qarshi maxsus choralar ishlab chiqmoqda.
2018-yilda hukumatga xorijiy mulkdorlarning ko‘chmas mulklari va aktivlari haqidagi ma’lumotlarni olish huquqi berilgan edi. Agar rossiyalik biznesmenlar kapitalining manbasini oshkor qilmasa ularning mol-mulki xatlanishi mumkin.
Abramovich «Chelsi»ga 2009-yildan beri egalik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter