Roman Abramovich sirli ravishda Kiyevga tashrif buyurdi — OAV
Bir qator OAVlarda rossiyalik milliarder va biznesmen Roman Abramovichning Ukraina poytaxtiga tashrif buyurgani xabar berildi.
Fortune nashrining yozishicha, Abramovich Kiyevga to‘xtab qolgan muzokaralarni jonlantirish maqsadida borgan.
Lekin, keyinchalik Abramovichning rasmiy vakili ushbu ma’lumotni inkor etdi.
«Janob Abramovich Kiyevda emas va u yerga borish rejasi yo‘q», — deya izoh berdi rasmiy vakil RBK nashriga.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Abramovich muzokaralarda rasmiy shaxs sanalmasligi xususida gapirgandi. Bundan avval, milliarder Istanbuldagi uchrashuvlarda ko‘rinish bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter