Rishi Sunakni halitdan ayblashni boshlashdi
Rishi Sunak Buyuk Britaniya bosh vaziri kreslosiga joylashib o‘tirmasidanoq «qovun tushirdi», deb yozdi The Independent.
Gap shundaki, Sunak iqlim masalalariga bag‘ishlangan Misr sammiti (COP27)ga bormaslikka qaror qildi.
Biroq, qirollik hukumati matbuot xizmati ishontirishicha, bu bilan Londonning iqlim muammolariga munosabati o‘zgarib qolmaydi. «Boshqa kechiktirib bo‘lmas majburiyatlarimiz ham bor, xususan, kuzgi budjetga tayyorlanish kerak», — Sunakning matbuot xizmatidan iqtibos keltirdi Politico
Nashr Sunakdan farqli ravishda, oldingi hukumat rahbari Liz Tras iste’fosiga qadar COP27ga borishni rejalashtirganini e’tibordan qochirmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter