Janubiy Koreya rahbari yadroviy urush borasida keskin gapirdi
AQSh va Janubiy Koreya rasmiy Pxenyanning yadroviy zarba bo‘yicha urinishiga «hal qiluvchi harakat» bilan javob berishga tayyor.
Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Associated Press axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Davlat rahbari AQSh va Koreya Respublikasi hukumatlari KXDR tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda nima qilishi haqida gapirgan.
«Shimoliy Koreya yadro quroli qo‘llasa tezkor, keskin va qat’iy javob qaytariladi, bu esa rejimning tugatilishiga olib keladi» (Kim Chen In rejimi nazarda tutilmoqda), – deydi Janubiy Koreya rahbari.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya rahbari Moskva va Pxenyanning harbiy sohadagi hamkorligi haqida gapirdi. U Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi bunday o‘zaro hamkorlik BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini buzayotganini ta’kidlab, ikki davlatning harakatlariga javoban xalqaro hamjamiyatning yanada birdam bo‘lishi lozimligini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter