Rassom oddiy narsalarni sehrli va qiziqarli san’atga aylantirdi
Kundalik buyumlar ba’zilar uchun zerikarli bo‘lib tuyulishi mumkin – ular go‘yoki tasavvur va ilhomni uyg‘otishga qodir emas.
Ammo ispaniyalik rassom Xesus Ortis bu fikrga mutlaqo qo‘shilmaydi. U eng oddiy narsalarni san’atga aylantirishni epladi.
Ya’ni qog‘oz varag‘iga tuxumning sarig‘i,
gul, makaron shunga o‘xshash narsalarni qo‘yish va qalam bilan yetishmayotgan tafsilotlarni to‘ldirish kifoya,
qarabsizki bir-birini takrorlamaydigan quvnoq rangli rasm tayyor. Ko‘pincha, rassom o‘z ishida gullar, mevalar va sabzavotlardan foydalanadi.
Albatta, soddalikni hayratlanarli, quvnoq ijodga aylantirish juda ko‘p tasavvurni talab qiladi, ammo iste’dodli rassom g‘oyalar yetishmasligidan shikoyat qilmaydi. U uchun har bir narsa ilhombaxsh.
Xesusning o‘ziga xos uslubi nafaqat uning badiiy mahoratini namoyish etadi, balki odamlarni dunyoni yangicha ko‘rishga chorlaydi. Ijodkor o‘z asarlari bilan har birimizni o‘rab turgan tabiatdan go‘zal va hayajonli narsalarni topishga undaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter