Nelson Mandela chizgan surat kimoshdi savdosida sotildi
Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandela chizgan rasm Nyu-York kimoshdi savdosida sotildi.
«Bonhams» auksion uyi tashkil etgan savdoda ushbu san’at asari 112 575 dollarga sotildi. Asarni sotuvga Mandelaning qizi qo‘ydi.
Uning aytishicha, prezident Mandela iste’foga chiqqanidan so‘ng san’at bilan shug‘ullangan.
Asarning nomi — «Kamera eshigi, Robben oroli». Unda qamoqxona kamerasining bir qismi, eshik va undagi kalit tasvirlangan.
Nelson Mandela Robben orolidagi qamoqxonada umrining 18 yilini o‘tkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter