Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov tuzalmas xastalikka chalindimi? Chechen yetakchisi javob berdi

Ramzan Qodirov tuzalmas xastalikka chalindimi? Chechen yetakchisi javob berdi

Foto: Ura.ru

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tuzalmas kasallikka chalingani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U o‘zining Telegram-kanalida sog‘lom va kuch-quvvatga to‘la ekanini ta’kidladi.

«Va meni kasal umidda xushomad qilayotganlar, sizni xafa qilganim uchun uzr so‘rayman», deya kinoya bilan yozgan Qodirov.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u hali ham sport bilan shug‘ullanadi, tog‘larga sayr qilish uchun boradi va respublika rivoji haqida qaror qabul qiladi. 

Avvalroq bir qator Telegram kanallarida Ramzan Qodirovning buyragida muammo borligi haqidagi xabarlar chop etilgandi. Ushbu versiyada fevral oyida Checheniston rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskvadagi Federal Majlisga murojaatini o‘tkazib yuborgani haqida ma’lumotlar keltiriladi. Boshqa nashrlar Qodirovning semirib ketganiga e’tibor qaratgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring