Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov qidiruvga berildi

Ramzan Qodirov qidiruvga berildi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina xavfsizlik xizmati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Qodirov Ukraina jinoyat kodeksiga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi ikki modda, ya’ni tajovuzkor urush yoki agressiv harbiy harakatlar bo‘yicha ayblanmoqda.

Keyinroq Checheniston rahbari ushbu holatga munosabat bildirdi. Ta’kidlashicha, u «Ukrainada bir necha bor bo‘lgan» va kimdir uni qo‘lga olish bilan shug‘ullanayotganini payqamagan.

Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni, shuningdek, Medvedev, Shoygu, Zaxarova va boshqa Rossiyadagi taniqli shaxslarni qidiruvga bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring