Ramzan Qodirov Putin bilan «yopiq uchrashuvi»ga izoh berdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 28-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvning yopiq qismida nimalarni muhokama qilganini OAVga aytishdan bosh tortdi. Bu haqda Kremlga yaqin jurnalist Pavel Zarubin o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Suhbat chog‘ida «Rossiya 1» telekanali muxbiri suhbatning birinchi qismi barcha tarmoqlar orqali yoritilganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Zarubin Qodirovdan uchrashuvning ikkinchi qismiga oid tafsilotlarni aytib bera olasizmi, deb so‘radi.
«Bu yopiq qism, agar iloji bo‘lsa, ochiq bo‘lardi. Prezident va men uzoq suhbatlashdik, juda samimiy, har doimgidek, u meni hamma mavzuda qo‘llab-quvvatladi», deb ta’kidlagan Qodirov.
Bundan tashqari, jurnalist bilan suhbat chog‘ida Qodirov sog‘lig‘ining yomonlashgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Checheniston rahbari bu ma’lumotni ishonchsiz deb atadi va uni «Rossiya dushmanlari» tarqatayotganiga ishora qildi.
Eslatib o‘tamiz, Putin bilan uchrashuv oldi Qodirovning o‘g‘li mahkumni urgani aks etgan video tarqalgandi. Shuningdek, chechen yetakchisi og‘ir kasal ekani haqidagi xabarlar urchigandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter