Ramzan Qodirov mish-mishlarga aniqlik kiritdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov salomatligi yomonlashgani haqidagi savolga javob berdi.
Bu haqda u Telegram messenjeridagi sahifasida o‘tkazilgan jonli efirda gapirdi.
Savollarni Checheniston Respublikasi axborot vaziri Axmed Dudayev o‘qib eshittirgan. «Hozircha tirik va sog‘lomman, – degan respublika rahbari.
Respublika aholisi bilan muloqotda Qodirov 2024-yil oxirida ta’tilga chiqmoqchi ekanligini ham aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hordiq «qanday loyihalarni amalga oshirish kerakligini, nima yetishmayotganini» tushunishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani, hatto u vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter