Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov keskin tanqid qilgan general yuqori lavozimga qaytdi

Ramzan Qodirov keskin tanqid qilgan general yuqori lavozimga qaytdi

Rossiyalik general-polkovnik Aleksandr Lapin mamlakat Qurolli Kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bu haqda RBK Mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslanib xabar berdi.

Avvalroq  Ura.ru nashri ham shu xabarni tarqatgandi. 

Oktyabr oyining oxirigacha Lapin Ukrainadagi urushda Rossiya qo‘shinlarining Markaz guruhining qo‘mondoni vazifasini bajarib kelayotgandi. U Suriyadagi harbiy amaliyotlarda ham qo‘mondonlik qilgan, 2022-yil yozida Putin tomonidan «Rossiya qahramoni» unvoniga loyiq ko‘rilgandi. 

Kuzda Ukrainaning Liman shahri yo‘nalishidagi muvaffaqiyatsizlik sabab Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Lapinni keskin tanqid qilib chiqqan va Lapinni «o‘rtamiyona» deya atagandi. Qodirov Lapin o‘z qarorgohini frontdan o‘nlab kilometr uzoqda joylashtirgani va urush jarayonlaridan uzilib qolishda ham ayblagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring