Rakka qarshi kuchli dori yaratildi
AQShda Jon Xopkins universiteti olimlari rakning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan glutamin metabolizmini bloklaydigan preparatni yaratishdi. «JHU083» birikmasi, shuningdek, xavfli o‘smaning mikro aylanasini o‘zgartirib, immun tizimi oldida zaiflashtirib yuboradi, deya xabar beriladi «MedicalXpress» press-relizida.
Preparatning aktiv shakli «DON» glutamin antagonistini ta’siriga taqlid qilib, o‘sma to‘qimalarida to‘planadi. Ma’lumki, glutamin metabolik yo‘llarni rag‘batlantirib, o‘smalarning jadal o‘sishiga sabab bo‘ladi. «JHU083» yo‘g‘on ichak raki, limfoma va melanoma bo‘lgan sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. Birikma hujayra, qon tomirlardan iborat o‘sma mikro aylanasiga ta’sir ko‘rsatib, yuqori kislotalik, kislorod va oziq moddalar yetishmasligi tufayli immun hujayralariga qarshi kurashadi.
«JHU083» shishlar o‘sishining kamayishiga olib kelgan hamda yashovchanlikni yaxshilagan. Ayrim sichqonlarda immun reaksiyasi chaqirgan uzoq muddatli remissiya kuzatilgan. Jonivorlarning o‘sma hujayralariga takroran yuborilganda ajralish yuz bergan. Bu kuchli immun xotira shakllanganidan dalolat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter