Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyoshning faolligi keskin ortishi kutilyapti. Bu nega xavfli?

Quyoshning faolligi keskin ortishi kutilyapti. Bu nega xavfli?

Foto: Xabar.uz

NOAA (National Oceanic and Atmospheric Administration)ning Kosmik ob-havoni bashorat qilish markazi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Quyosh o‘zining joriy faollik siklining cho‘qqisiga 2024-yilda erishadi. Bu haqda Space.com saytida ma’lum qilindi.

Qayta ko‘rib chiqilgan prognoz 2024-yil yanvar va oktyabr oylari orasida «quyosh maksimumi» deb nomlanuvchi quyosh siklining 25 cho‘qqisini belgilaydi. Cho‘qqi ertaroq boshlanadi, kuchliroq bo‘ladi va 2019-yilda bashorat qilinganidan uzoqroq davom etadi.

Quyosh sikli - taxminan 11 yillik quyosh faolligi davri bo‘lib, u magnit maydonga bog‘liq bo‘lib, sirtdagi quyosh dog‘larining chastotasi va intensivligining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Quyosh maksimumi qachon sodir bo‘lishi haqidagi bashoratlar quyosh dog‘lari soni, zamonaviy statistik ma’lumotlar va quyosh dinamosining modellari - yulduzning magnit maydonini hosil qiluvchi Quyosh ichidagi issiq ionlangan gazlar oqimi haqidagi uzoq muddatli tarixiy ma’lumotlarga asoslanadi.

Quyosh faolligi prognozlari muhim ahamiyatga ega, chunki plazma chaqnashlari natijasida yuzaga kelgan geomagnit bo‘ronlari elektr tarmoqlariga, GPS signallariga ta’sir qilishi, sun’iy yo‘ldoshlarni orbitadan chiqarib yuborishi va aviakompaniya xodimlari va astronavtlar uchun radiatsiyaviy xavf tug‘dirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring