Qrim ko‘prigidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi (foto)
Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi (MOQ) axborot markazi Qrim ko‘prigida yuk mashinasi portlatilganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, portlash oqibatida temir yo‘l poyezdining yettita yoqilg‘i baklari ham yonib ketgan.
Portlash oqibatida ko‘prikning ikkita avtomobil oraliq qismi qulab tushgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi favqulodda holat yuzasidan hukumat komissiyasini tuzishga buyruq berganini aytdi.
Avvalroq Qrim ko‘prigida kuchli yong‘in chiqqani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter