Qozog‘istonning yangi prezidenti Ostona shahri nomini Nursultonga o‘zgartirishni taklif etdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakat poytaxti Ostona nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning nomini adabiylashtirish maqsadida Nursultonga o‘zgartirishni taklif qildi.
«Buyuk zamondoshimiz - Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning nomini shu tariqa abadiylashtirishimiz lozim: poytaxtimiz prezidentimiz nomi bilan atalishi va Nursultonga o‘zgartirilishi kerak. Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, bunday taklif 2016 yilning 3 noyabrida, Qozog‘iston respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan parlament deklaratsiyasi orqali bildirilgan edi», — deydi Tokayev.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart sanasida Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanini rasman ma’lum qilgan edi. Davlat rahbari vazifasini vaqtincha bajaradigan Qosim-Jomart Tokayev bugun, 20 mart sanasida qasamyod qildi. Ayni vaqtda tantanali marosim davom etmoqda. Tantanali marosimda Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev ham ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter