Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonning Tayvan masalasida rasmiy pozitsiyasi ma’lum qilindi

Qozog‘istonning Tayvan masalasida rasmiy pozitsiyasi ma’lum qilindi

Oybek Smadiyarov.

Foto: Qozog‘iston TIV

Qozog‘iston «yagona Xitoy» pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasining ajralmas tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.

«Qozog‘iston – xalqaro huquqning amaldagi me’yorlari hamda BMT ustavlariga rioya etish tarafdori. Xususan, bu borada BMT Bosh assambleyasining 1971 yilda qabul qilingan 2758-sonli rezolyusiyasiga amal qilinishi maqsadga muvofiqdir. Xorijiy mamlakatlar rasmiy delegatsiyalarining Tayvanga tashrifi XXR hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak deb hisoblaymiz», – deydi O.Smadiyarov.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham joriy yil 17 iyun kuni bergan bayonotida Kosovo, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Donetsk, Lugansk kabi tuzilmalar qatorida Tayvan ham rasman tan olinmasligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2 avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi Pekin hamda Vashington o‘rtasida diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi.

Xitoy tomoni N.Pelosining tashrifi javobsiz qolmasligi, davlat o‘z suverenitetini himoya qilish uchun kerakli choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham «yagona Xitoy» siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda bayonot berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring