Qozog‘istonda Turkiston viloyati paydo bo‘ldi
Qozog‘istonning Turkiston shahri Turkiston viloyatining markazi etib belgilandi, Chimkent esa respublika darajasidagi shahar maqomini oldi. Bu haqda «Tengrinews.kz» sayti xabar bermoqda.
19-iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «Qozog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishining ba’zi masalalari haqida»gi qarorni imzoladi. Unda Nazarboyev Chimkentning Ostona va Olmaota shaharlari bilan birgalikda aholisi milliondan oshiq bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidladi.
«Viloyat markazi asrlar davomida qozoq xonligi va turk dunyosining siyosiy va diniy markazi bo‘lgan Turkiston shahriga ko‘chiriladi», — dedi prezident.
Qarorga ko‘ra Chimkent shahri respublika darajasidagi shaharga aylantirildi. Avvalgi Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston viloyati deya qayta nomlandi va Turkiston shahri uning ma’muriy markazi etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter