Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda parlament saylovi: ertaga «sukunat kuni»

Qozog‘istonda parlament saylovi: ertaga «sukunat kuni»

Foto: Tengrinews.kz

Bugun – Qozog‘istonda o‘tishi kutilayotgan parlament saylovi doirasidagi so‘nggi targ‘ibot kuni. 18 martdan deputatlikka nomzodlarning targ‘ibot-tashviqot olib borishi taqiqlanadi, ya’ni qonunchilikka ko‘ra, ertaga «sukunat kuni» sanaladi.

Yakshanba, 19-mart kuni Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majlis) hamda mahalliy kengashlarga (maslahat) saylov bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘istonda o‘tgan yilgi konstitutsiyaviy islohotdan keyin siyosiy partiya tashkil etish nisbatan soddalashtirildi. Imzo yig‘ish talabi 20 mingdan 5 mingga tushirildi. Partiyalarning hududiy vakilliklari minimal miqdori 600 nafardan 200 nafarga kamaytirildi. Shu tariqa saylov arafasida bir necha yangi partiya ro‘yxatdan o‘tdi.

Parlament quyi palatasi uchun saylovda yetti partiyadan 281 nafar nomzod qo‘yilgan, 525 nafar nomzod esa biror partiyaga mansub bo‘lmagan mustaqil talabgorlardir. Jumladan, Qozog‘iston xalq partiyasi 52 nafar,  «Akjol» partiyasi 54 nafar, Umummilliy sotsial-demokratik partiya 19 nafar, «Baytaq» yashillar partiyasi 18 nafar, «Amanat» partiyasi 90 nafar, «Respublica» partiyasi 23 nafar, «Auil» partiyasi 25 nafar nomzod ilgari surgan. Ularning o‘rtacha yoshi 45 ni tashkil etadi. Deputatlikka 19 nafar talabgor 29 yoshgacha bo‘lgan siyosatchilardir. Nomzodlar 12 millatni tamsil etmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022 yil sentyabr oyidagi murojaatida Majlis va maslahat kengashlariga navbatdan tashqari saylov o‘tkazishni taklif qilgan. U ushbu taklifni konstitutsiyaviy islohotlar talabi orqali asoslagan.

Joriy yil 19-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti parlament quyi palatasini tarqatish va navbatdan tashqari saylov o‘tkazish haqida qaror chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, Q.To‘qayev 2022-yil 16-mart kuni Qozog‘iston xalqiga murojaatida jiddiy siyosiy islohotlar o‘tkazilishi, jumladan, superprezidentlik boshqaruv shaklidan kuchli parlamentga asoslangan prezidentlik respublikasi tizimiga o‘tilishini e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring